“ICT WEEK” haftaligi doirasida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti va Koreya intellektual sanoat uyushmasi (KOIIA) o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu haqda AKT vazirligi xabar berdi.

Bu orqali O‘zbekistonda raqamli transformatsiya sohasida qo‘shma hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

Shuningdek, KOIIA Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga $1,65 mln.lik sertifikat taqdim etdi.

Ushbu sertifikat katta ma’lumotlarni qayta ishlashda “Big Data” va “BI” dasturiy ta’minotlaridan foydalanish imkonini beradi.

KOIIA barcha tarmoqlar uchun raqamli transformatsiya ekotizimini yaratishni faollashtiradi. A’zo kompaniyalarning huquq va manfaatlarini ilgari surish hamda biznes natijalariga erishishga yordam beradi.


Avvalroq, Koreya yuqori texnologiyalar instituti O‘zbekistonga $10 mln miqdorida grant ajratishi haqida xabar berilgandi.