To‘qqiz oyda O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi $12,6 mlrd.ni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilingan.

Unga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2,2 barobar ortgan.

Mamlakatga valyuta oqimining ortishi savdo hamkorlardagi o‘zgarishlar hisobiga ekanligi ta’kidlanmoqda.

Jahon iqtisodiyoti o‘sishining sekinlashuvi, mamlakat iqtisodiyotiga tashqi talab, asosiy savdo hamkorlar iqtisodiyoti va valyuta kurslari qatorida pul o‘tkazmalari ham ta’sir ko‘rsatgan.

Shuningdek, mamlakatga eksport tushumi, pul o‘tkazmalari va boshqa ko‘rinishdagi valyuta oqimi hajmining sezilarli darajada oshganligi hisobiga so‘mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi barqaror shakllangan.


Avvalroq, regulyator 2023-yil inflyatsiya darajasi 8,5−9,5%gacha pasayishini prognoz qildi.