Prezident qarori bilan taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qatoriga qo‘shildi.

Joriy yilning 1-sentabridan boshlab 2024-yil oxiriga qadar yengil avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni tashuvchilar oʻzini oʻzi band qilishi mumkin.

Qariyb ikki ikki oy ichida 31 mingdan ziyod taksi haydovchisi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olindi.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolardan soliq olinmaydi.

Ro‘yxatdan qanday o‘tish mumkin

Haydovchilar soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni Android yoki iOS mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma bilan tanishish mumkin.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi.

Litsenziya olish tartibi

Litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi.

Litsenziya varaqasi uchun davlat boji yiliga BHMning bir barobari ya’ni 300 ming so‘m miqdorida undiriladi.

Haydovchining faoliyat hududi litsenziya varaqalarida aks ettiriladi.

O‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi, haydovchining o‘zi esa bir yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.

Bundan tashqari, o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar avtomobilining tom qismiga “TAXI” belgisi o‘rnatiladi.

Boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan shaxslar bir vaqtning o‘zida o‘zini o‘zi band qilgan holda yo‘lovchilarni tashish faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin.


Prezident qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyati turlari kengaytirilgandi. Ro‘yxat bilan bu yerda tanishish mumkin.