Joriy yilning 9 oyida aholining banklar orqali amalga oshirgan valyuta xaridi $6,5 mlrd.ni tashkil qildi. Bu haqda regulyator hisobotida keltirilgan.
Shuningdek, aholi tomonidan amalga oshirilgan valyuta sotuvi $9 mlrd.ga yetgan.
Mazkur davrda banklarning aholidan valyuta xaridi va aholiga valyuta sotuvi o‘rtasidagi ijobiy tafovut $2,5 mlrd.ni tashkil etganini ko‘rish mumkin.
O‘zbekistonga eksport tushumi, pul o‘tkazmalari va boshqa ko‘rinishdagi valyuta oqimi hajmining sezilarli oshishi hisobiga so‘mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi barqaror shakllandi.
AQSh markaziy bankining boshqa yetakchi davlatlarga nisbatan “qat'iyroq” pul-kredit siyosatini yuritishi hisobiga dollar indeksi keskin oshib, dunyoning aksariyat valyutalari AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanib borayotgani ta’kidlangan.
Bu esa, iste’molda import ulushi yuqori bo‘lgan va inflyatsion kutilmalari valyuta kursiga ta’sirchan davlatlarda inflyatsion jarayonlarning yanada tezlashishiga olib kelmoqda.
Dollar indeksi yil boshiga nisbatan 17%ga oshib 112 bandni tashkil etgan.
Bundan tashqari Markaziy bank yanvar-sentabr oylarida aholining real daromadlari 10,7% o‘sganiga urg‘u berdi.
Aholi daromadining o‘sishiga budjet sohasida oylik ish haqi va pensiyalar miqdorining oshirilishi (12%) hamda ajratilgan ijtimoiy transfertlar (2 mln oilaning 26%i) sabab bo‘lgan.
Joriy yilning 9 oyida O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi 3,7 mln so‘mni tashkil etgandi.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda 5,9 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinni 4,9 mln so‘m bilan Navoiy egallagan.