Rossiyaning “Fix Price” doʻkonlar tarmogʻi toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Bu haqda diskaunterlar tarmogʻining choraklik hisobotida aytilgan.

Sentabr oyi oxirida mamlakatda kompaniyaning bevosita nazorati ostidagi do‘konlar soni nolga tushib ketdi.

Iyun oyida u 10 ta savdo nuqtasiga ega bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yil sentabr oyida bu ko‘rsatkich 44 tani tashkil qilgandi.

Shu bilan birga, franchayzing asosida faoliyat yurituvchi joylar roʻyxati sezilarli darajada kengaydi. Yozda ularning soni uchta bo‘lgan bo‘lsa, hozir ularning soni 19 taga yetdi.

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda “Fix Price” tarmog‘i 23 ta do‘konga qisqardi, ulardan 12 tasi birinchi chorakda yopilgan.

Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning to‘qqiz oyida kompaniya 30 ta yangi shoxobcha ochgan va faqat bittasini yopgan.


Avvalroq “Spot” Fransiyaning “bi1” oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘i O‘zbekistonda 250 ta do‘kon ochishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.