Samarqand xalqaro texnologiya universiteti qoshida Koreya texnologiya va madaniyat kollejini (Korean College of Technology and Culture) tashkil etiladi, xabar bermoqda “Dunyo”.
Bu bo‘yicha Samarqand xalqaro texnologiya universiteti bilan Koreya Ilg‘or ilm-fan va texnologiyalar instituti o‘rtasida kelishuv amalga oshirilgan.
Unga ko‘ra, kollej 2023-yildan ish boshlab, quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi:
- “yashil” energetika (qayta tiklanuvchi energiya);
- dasturlash;
- dizayn (sanoat, iqtisodiyot, qurilish dizaynerligi);
- koreys tili.
Qayd etilishicha, Osiyo madaniyati va taraqqiyoti instituti kollejni malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga oladi.
Ipak yo‘li universitetlar tarmog‘i direktori Xvang Sung Don esa mazkur kollejga rahbarlik qiladi.
Avvalroq, Hindistonning “Acharya” institutlar tarmog‘i Buxoroda xalqaro universitet tashkil etishi haqida xabar berilgandi.
Universitet tashkil qilingandan so‘ng birinchi yil 1400 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan.