“Uzbekistan Airports” Samarqand xalqaro aeroporti vaqtincha yopilishini ma’lum qildi.

Aeroport 8-noyabrdan 12-noyabrga qadar havo kemalarini qabul qilish va qoʻyib yuborishni vaqtincha toʻxtatadi.

Xabarga koʻra, texnik sabablarga koʻra shunday qarorga kelingan.

Bundan oldin Samarqand xalqaro aeroporti 12-sentabrdan 20-sentabrgacha shaharda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti boʻlib oʻtishi munosabati bilan yopilgandi.

1-oktabrdan esa Samarqand xalqaro aeroportida “ochiq osmon” rejimi joriy etilgandi.

“Ochiq osmon” rejimi aeroportning texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yo‘nalishlar bo‘yicha cheklovlarning bekor qilinishini anglatadi.

Endilikda xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning mavjud yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar Samarqand xalqaro aeroportiga aviaqatnovlarni amalga oshira oladi.


Avvalroq “Spot” 13-dekabrdan “WizzAir Abu Dhabi” aviakompaniyasi Abu-Dabi-Samarqand yoʻnalishida parvozlarni boshlashi haqida yozgandi.