Joriy yilning uchinchi choragida “Uzbekistan Airways” kompaniyasining sof tushumi 8,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotida qayd etilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb ikki yarim baravar yoki 95%ga o‘sgan. O‘tgan yilning uchinchi choragida kompaniya sof tushumi 4,4 trln so‘mni tashkil etgandi.
Mazkur davrda sotilgan mahsulotlarning tannarxi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga (3,3 trln so‘m) nisbatan 93%ga oshib 6,4 trln so‘mga yetgan.
Bu davrda aviakompaniya xarajatlari 438 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilgi xarajatlarga nisbatan 2,3 baravarga yoki 109% ga oshgan. Bundan tashqari kompaniya 82 mlrd so‘m daromad solig‘ini to‘lagan.
Natijada “Uzbekistan Airways"ning sof foydasi 508,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan O‘tgan yilninig mos davrida kompaniya sof foydasi 32 mlrd so‘mni tashkil etgandi.
Shuningdek “Spot” “Uzbekistan Airports” kompaniyasining hisobotiga ham e’tibor qaratdi. Unga ko‘ra, uchinchi chorakda kompaniyaning sof tushumi 882 mlrd so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yili kompaniya sof tushumi 920 mln.ni tashkil etgandi.
Bu davrda kompaniyaning sotilgan mahsulotlar tannarxi 369 mlrd so‘mga yetgan.
Bundan tashqari, xarajatlarga 171 mlrd so‘m, daromad solig‘i uchun esa 5,1 mlrd so‘m ajratgan.
Umuman olganda, “Uzbekistan Airports"ning sof foydasi 316 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 101 mln so‘mni tashkil etgandi.
Avvalroq “Spot” to‘qqiz oyda “UzAuto Motors” 1,8 trln so‘m sof foyda ko‘rgani haqida yozgandi.