Avvalroq Vengriyaning “Wizz Air” aviakompaniyasi joriy yilning 13-dekabrida Abu Dabi-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra, aviaqatnov haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi belgilangan.

Kompaniya saytida keltirilishicha, Abu-Dabi-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar narxi 500 ming so‘mdan boshlanadi.

“Uzbekistan Airports” matbuot xizmati “Wizz Air” kompaniyasi Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchiligini ma’lum qildi.

Aviaqatnov Airbus A320 va A321 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Birinchi yo‘lovchi reysi 2023-yilning 25-yanvarida uchishi belgilangan.

Wizz Air — Vengriyaning arzon aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Vengriya poytaxti, Budapeshtda joylashgan.


Avvalroq “FlyDubai” aviakompaniyasi Dubay-Samarqand yo‘nalishida reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.