Prezident tomonidan “Standartlashtirish to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi.
Hujjat bilan, O‘zbekistonning milliy standartlashtirish tizimini tashkil etuvchi tashkilotlar ro‘yxati keltirilgan:
- Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
- Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
- standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar.
Standartlashtirishning asosiy vazifasi fuqarolarning hayotini, sog‘lig‘ini va mol-mulkini hamda atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat.
Qonunda standartlashtirish rejasi quyidagi muddat bo‘yicha qabul qilinishi ko‘rsatilgan:
- qisqa (1 yilgacha);
- o‘rta (1 yildan 5 yilgacha);
- uzoq (5 yildan 10 yilgacha).
Shuningdek, Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ tomonidan yagona axborot bazasi shakllantiriladi hamda yuritiladi.
Standartlar milliy, xalqaro (mintaqaviy) hamda xorijiy mamlakatlarning standartlari toifalariga bo‘linadi.
Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 12 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Joriy yilning iyun oyida davlat rahbari standartlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan topshiriqlar bergandi.
Avvalroq subsidiyalar bo‘yicha yagona ochiq portal yaratilishi xabar qilingandi.