Niderlandiyaning Tvente universiteti magistratura yo‘nalishi uchun grant dasturiga arizalarni qabul qilmoqda.
Stipendiya yo‘nalishlarga qarab bir yil uchun 3 ming yevrodan 22 ming yevrogacha taxminan 50 ta o‘ringa ajratiladi.
Universitetda magistratura uchun amaliy matematika, amaliy fizika, biznes boshqaruv, mashinasozlik hamda psixologiya kabi yo‘nalishlar mavjud. Ular haqida batafsil havola orqali bilib olish mumkin.
Grantda qatnashishdan oldin universitetning magistratura yo‘nalishiga ariza berish kerak.
Universitetga qabul qilingach talaba raqami beriladi va keyin grantga ariza topshirish mumkin bo‘ladi.
Eng asosiy talablardan biri IELTS 6,5 yoki TOEFL iBT 90 ball bo‘lishi kerak.
Shuningdek, nomzod mazkur stipendiya olish huquqiga ega davlat fuqarosi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston bu ro‘yxatga kiritilgan.
Grantga arizalar yiliga ikki marotaba — fevral va may oylarida qabul qilinadi.
Hozir 2023-yilgi kuzgi semestr uchun qabul jarayoni ketmoqda, 2023-yilning 1-fevralida arizalarni qabul qilish yakunlanadi.
Nomzodlar arizalarni havola orqali jo‘natishi mumkin.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq, “Spot” AQShda joylashgan Simmons universiteti bakalavriat uchun grant dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar bergandi.