“PHP quvonchi”, Alan Forbes.

Bu qo‘llanma yangi dasurchilar uchun HTMLni asoslaridan boshlab tushunishga yordam beradi.

Kitobning asosiy fokusida PHP qanday ishlashi bosqichma-bosqich tushuntiriladi.

O‘quvchi boshlang‘ich darajadan dinamik saytlarning professional dasturchisiga aylanadi.

U asosiy PHP skriptlarini yaratish va ishga tushirish kabi oddiy narsalardan boshlab, keyin veb-sahifalarni o‘zgartirish konsepsiyasiga o‘tadi.

Murakkab darajada o‘quvchiga o‘rganganlarini birlashtirish va o‘zaro bog‘liq hamda qiziqarli mashg‘ulotlar orqali bilimlarini sinab ko‘rish imkoniyati beriladi.

Kitobda mazkur dasturlash tili bo‘yicha amaliy maslahatlar berilgan. Uni o‘qib chiqqandan so‘ng shakllarni yaratish va tasvirlar bilan ishlashni o‘rganish mumkin.


“PHP & MySQL Novice to Ninja”, Tom Butler va Kevin Yank.

Ushbu kitob ham PHP, ham MySQL asoslarini yaxshi qamrab olgan va bu yangi dasturchilar uchun ajoyib qo‘llanma hisoblanadi.

Ma’lumotlar PHP tizimli dasturlash, MySQL ma’lumotlarini internetda nashr etish, kontentni formatlash va boshqarish tizimi (Content Management System) kabi mavzular bilan tanishtiradi.

Shuningdek, u relyatsion ma’lumotlar bazasi dizayni, murakkab SQL so‘rovlari va kirishni boshqarish masalalarini o‘z ichiga oladi.


“PHP: Yangi boshlovchilar uchun qo‘llanma”, Vikram Vasvani.

Ushbu kitobda asosiy PHP dasturlarini qanday yozish va MySQL ma’lumotlar bazasi, uchinchi tomon kengaytmalari va XML kiritish orqali ularni qanday yaxshilash haqida batafsil ma’lumot berilgan.

U dasturlarni oʻrnatish, sintaksis, maʼlumotlar tuzilmalari, oʻrnatilgan funksiyalar va kod yozishning eng yaxshi amaliyotlari kabi mavzularni qamrab oladi.

Shuningdek, bu yerda siz xatolarni qayta ishlash, sinflar, massivlar bilan ishlash, tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar, shuningdek, xavfsizlik masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni topasiz.


“PHP harakatda”, Daginn Reyersol, Kris Shiflett va Markus Beyker.

PHP boʻyicha bilimlarini chuqurlashtirishni xohlovchilar uchun eng yaxshi kitoblardan biridir.

Kitob 2007-yilda nashr etilgan va shundan beri yuz minglab dasturchilarga PHP’dan toʻliq foydalanishda yordam berib kelmoqda.

Ushbu kitobda mazkur til texnikasi va tamoyillarini veb-dasturlashda dasturchilar duch keladigan muammolarga, jumladan, kiritishni tekshirish, shakllarni qayta ishlash, obyektlarni saqlashda qo‘llash mumkin boʻlgan ma’lumotlar berilgan.

Qoʻllanma Java tilini yaxshi biladiganlar uchun ayniqsa qiziqarli va foydali. Gap shundaki, muallif PHP bilan bogʻliq tushunchalar haqida gapirganda, koʻpincha Java tiliga murojaat qilgan.



“PHP va MySQL. Tugallangan qoʻllanma”, Maklaflin Brett.

Ushbu kitob PHP bilan oldindan ishlayotgan va oʻz bilimlarini chuqurlashtirishni xohlovchilar uchun moʻljallangan.

U orqali dasturchi dinamik va ma’lumotlarga asoslangan saytlarni (PHP va MySQL’da) yaratish boʻyicha yondashuvlarini yaxshilashi mumkin.

Qoʻllanma oʻquvchilarga kontentni boshqarish, ma’lumotlar bazalarini yaratish va foydalanuvchilar bilan muloqot qilishni oʻrgatadi.

Mazkur kontentni boshqarish tizimlarining ichki ishlashini oʻrganish uchun eng yaxshi kitoblardan biri hisoblanadi.

Kitobda yoritilgan asosiy mavzular: autentifikatsiya va avtorizatsiya, binar obyektlar, tasvirlarni yuklash, dinamik veb-sahifalar va veb-ilovalarni yaratish.