Hukumat qarori bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining maqsad va vazifalari belgilandi.
Nizomga ko‘ra, jamg‘arma xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda quyidagi maqsadlarni amalga oshirishi qayd etilgan:
- og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish;
- oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda ko‘maklashish;
- mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashda ularga ko‘maklashish va rag‘batlantirish.
Shuningdek, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan asosiy yo‘ nalishlardan biri hisoblanadi.
Joriy yilning mart oyida oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha prezident farmoni qabul qilingandi.
Avgust oyida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatiga qo‘shimcha 1 trln so‘m ajratilishi belgilangandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 56 896 ta oilaviy korxonaning eng ko‘p ulushi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi — 10 076.