Sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishda davlat rahbari topshiriq va vazifalar berdi.

Xususan, to‘qimachilikda keyingi yilda ichki bozorga qo‘shimcha 5 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish hamda eksportni $4,3 mlrd.ga yetkazish topshirildi.

Buning uchun 2024-yilgacha Yevropa, Turkiya, Misr, Marokashga amalga oshiriladigan gazlama, trikotaj mato eksportining 70% transport xarajatlari qoplab beriladi.

Kamida 50 xil turdagi yangi tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish dasturi tasdiqlanadi hamda yangi turdagi tayyor tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalariga $100 mln, gilamchilik uchun $50 mln yo‘naltiriladi.

Shuningdek, to‘qimachilik industrial zonalari infratuzilmasiga 200 mlrd so‘m yo‘naltirilishi belgilandi.

Joriy yilning yakuniga qadar Turkiya, Eron, Belgiyadan dizayner va texnolog olib kelinadi.