29-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida YeTTB vitse-prezidenti Yurgen Rigterink banklarni xususiylashtirish jarayonini biroz surishni maslahat berdi.
Rigterink bu jarayon katta ijtimoiy mas’uliyat bilan amalga oshirilishi kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xususiylashtirish ko‘pincha xodimlarni qisqartirishni anglatadi.
“O‘zbekistonda keyingi besh yil ichida faqat bitta davlat banki qoladi, qolgan barcha banklar xususiylashtiriladi”, dedi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Samarqanddagi iqtisodiy forumda.
Jumladan, yil oxirigacha “O‘zsanoatqurilishbank” va “Asakabank"ning davlat ulushlarini sotuvga qo‘yish, bu jarayonga Xalqaro moliya korporatsiyasi, YeTTB va OTBni jalb etish rejalashtirilgan edi.
2023-yil 1-iyulga qadar esa “Xalq banki”, “Mikrokreditbank”, “Aloqabank”, “Agro bank” va “O‘zmilliybank"larning aksiyalarini fond birjasi orqali ommaviy joylashtirish (IPO) ishlarini tashkillashtirilishi kerak.
Shuningdek Qo‘chqorov, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot $2800 ni tashkil etishi va barcha eski elektr stansiyalari ta’mirlanishi haqida aytdi.
Energetika sohasi haqida gapirar ekan vazir keyingi besh yil ichida O‘zbekiston to‘liq yashil energetika tizimiga o‘tishini ta’kidlab o‘tdi.
“O‘sha vaqtga qadar biz barcha eski elektr stansiyalarini almashtiramiz. Ikkinchidan, qoladigan bitta davlat bankining muomaladagi ba’zi aksiyalari bo‘lishi mumkin”, — dedi Qo‘chqorov.
Shuningdek, besh yildan so‘ng mamlakat yalpi ichki mahsuloti $100 mlrd.ni tashkil etib, qashshoqlik darajasi ikki barobarga kamayishi ta’kidlandi.
“Spot” forumning birinchi kunida qanday loyihalar imzolangani haqida ma’lumotlarni bir joyga jamlagandi.
Shuningdek, forum doirasida Davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi xalqaro banklar bilan 8 ta loyiha bo‘yicha kelishuv amalga oshirishini ma’lumot qilgandi.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev tadbir ishtirokchilariga murojaatnoma yo‘llab, unda mamlakat iqtisodiyotini 2022−2026 yillarda rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalishlarga to‘xtaldi.
Xalqaro moliya korporatsiyasining bosh direktori Mahtar Diop esa O‘zbekistonda inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ekanligini qayd etdi.