E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.


Hozirda mavjud 31 ta bankdan 22 tasida avtokredit rasmiylashtirish mumkin.

Kreditlar bir yildan besh yilgacha muddatga, 21%dan 28%gacha stavkada taqdim etiladi.

Bundan tashqari “Aloqabank”, “Asia Alliance Bank”, “Saderatbank” va “Ipak yo‘li banki” hamda “Davr Bank“da boshlang‘ich badalsiz avtokredit rasmiylashtirish mumkin.

Yettita bank uch oydan olti oygacha imtiyozli davr taqdim etadi — bular “Aloqabank”, “Garantbank”, InfinBank, “O‘zmilliybank”, “Poytaxtbank”, “Turonbank”, “Mikrokreditbank” va “Sanoatqurilishbank”.

Shuningdek, Kia, Lada, Renault, Skoda va Volkswagen avtomobillariga dastlabki badal to‘loviga qarab “Aloqabank” 6% dan 24%gacha bo‘lgan stavkada 5 yilgacha, “Asia Alliance Bank” 2−19,5% va “Hamkorbank” esa 7%dan 22%gacha 1 yildan 4 yilgacha bo‘lgan muddatda avtokredit beradi.

Bundan tashqari banklar elektromobillar uchun ham mablag‘ ajratishni boshlamoqda. Masalan, “Saderatbank” bunday turdagi avtomobillarga 27%lik stavkada kredit taqdim etadi.

Ikkilamchi bozorda avtomobil sotib olish uchun kreditlarlarni esaKapitalbank”, “Tenge Bank”, “Turonbank” va “HamkorBank"da olish mumkin.

Roʻyxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlaridan olindi.

Bank nomi
Foiz stavkasi
Boshlang‘ich to‘lov
Muddati
Agrobank
24%
25%
1 yil
25%
2 yil
26%
3 yil
27%
4 yil
Asakabank
21%
30%
5 yilgacha
Aloqabank
25%
10%
4 yilgacha
26%
10%
5 yilgacha
Asia Alliance Bank

22%
25%
1 yil
24%
4 yil
Davr Bank*
27,99%
10%
5 yilgacha
30%
Garantbank*
25%
30%
3 yil
Hamkorbank
27,99%
25%
4 yil
InfinBank
26,99%
20%
4 yil
Ipak yo‘li banki
21,9%
25%
1 yildan 5 yilgacha
Kapitalbank
24%
30%
5 yil
Mikrokreditbank
28%
30%
4 yil
Orien finans bank
22%
40%
4 yil
24%
25%
Poytaxt bank
22%
30%
4 yil
Ravnaqbank
26%
30%
1 yil
27%
2 yil
28%
3 yil
Saderat Bank
27%
25%
4 yil
Sanoatqurilishbank
23%
25%
2 yil
24%
3 yil
25%
4 yil
Tenge Bank
23,5%
50%
4 yil
23,9%
30%
24,9%
20%
Trastbank
24%
30%
3 yil
4 yil
22%
25%
Turonbank
24,9%
20%
4yil
26%
50%
3 yil
27%
40%
28%
30%
Xalq banki
24%
20%
4 yilgacha
Ziraat Bank Uzbekistan
22%
30%
1 yil
23%
2 yil
24%
3 yil
O‘zmilliybank
24%
40%
5 yilgacha
25%
35%
26%
25%

*Mazkur banklarda rasmiy oylik daromadi mavjud bo‘lsa dastlabki badal to‘lovisiz ham avtokredit rasmiylashtirish mumkin.