Rossiyaning texnologik taʼlim tarmogʻi “IThub” xorijiy bozorlarga, jumladan, Markaziy Osiyoga ham chiqishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “PБК Trends”.
Hozirda kompaniya biznesni rivojlantirish uchun O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Kipr, Isroil va Indoneziya bozorlariga kirishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, “IThub” ta’lim kontentini o‘zbek tiliga tarjima qilish imkoniyati haqida o‘ylamoqda.
“IThub” guruhi 2015-yilda tashkil topgan. Uning tarkibiga axborot texnologiyalari kolleji, akademiya, IT-mutaxassislarini sertifikatlash test markazlari kiradi.
Uning kollejlari Moskvada, Yekaterinburg, Rostov-na-Donu, Maxachqal’a va Vladivostokda franchayzing bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Bundan oldin “Yandex” 2023-yil O‘zbekistonda dasturlash maktabini ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Avvalroq “Spot” Rossiyaning “PAGE” kovorkinglar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.