Avvalroq BAAning “Masdar” kompaniyasi Navoiy viloyatida 500 megavatt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurishi haqida xabar berilgandi.
Bu “Masdar"ning viloyatdagi ikkinchi loyihasi bo‘lib, o‘tgan yili Karmanada quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirgandi.
Hozirda mazkur kompaniya tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida shamol elektr stansiyasini qurish ishlari olib borilmoqda, deya xabar beroqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Ushbu yirik loyihaning umumiy qiymati $600 mln.ni tashkil etib, 100% xorijiy insevtitsiya hisobiga amalga oshiriladi.
2024-yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan mazkur elektr stansiya orqali yiliga 1 mlrd 800 mln kVt.soat elektr energiya ishlab chiqariladi.
Buning natijasida yiliga 540 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Elektr stansiyasi qurilishi davomida 800 nafargacha va ishga tushirilgandan so‘ng 30 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi.
Avvalroq “Spot” Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurishi haqida yozgandi.