Sentabr oyida “I2BF Global Ventures” investitsion direktori Denis Kalishkin tomonidan venchur tahlilchisi kursi ishga tushirilgandi.
14-noyabrdan esa mazkur onlayn kursning 7-bosqichiga start beriladi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kurs startaplar, venchur investorlar, boʻlajak investorlar uchun moʻljallangan.
Shuningdek, biznes-farishtalar, akseleratorlar va korporatsiyalarning innovatsion boʻlimlari xodimlari ishtirok etishi mumkin.
Dasturda ishtirok etish bepul boʻlib, u 4 hafta davom etadi.
Darslarni “I2BF Global Ventures” kompaniyasining investitsion direktori Denis Kalishkin olib boradi.
Kurs davomida talabalar quyidagilarni o‘rganadilar:
- venchur fondi nima va u qanday ishlaydi;
- startap uchun bozor va raqobat tahlili;
- bitimning asosiy shartlari (term sheet);
- kapitalizatsiya jadvali (cap table);
- investitsiya memorandumi, boshlang‘ich tahlil mezonlari, venchur investorining xatolari va kognitiv nomutanosibliklar;
- Due diligence jarayoni;
- startapning moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va moliyaviy modelni yaratish;
- venchur fondi portfelini boshqarish, risklarni muvozanatlash, fondning hayot sikli.
Shuningdek, kurs davomida ishtirokchilar mentor bilan Lotin Amerikasi venchur bozori va Twitch investitsiya memorandumini tahlil qilishadi.
Bundan tashqari, ishtirokchilarga venchur kapital fondida karyera qurish bo‘yicha qo‘shimcha mustaqil o‘quv materiallari va vebinarlar taqdim etiladi.
Dasturda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.