“VKontakte” 2022-yilning uchinchi choragi va to‘qqiz oyi bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, kompaniya daromadi uchinchi chorakda o‘tgan yilga nisbatan 21%ga o‘sib, 24,1 mlrd rublni tashkil qilgan.

Kompaniyaning foizlar, soliqlar, amortizatsiyadan oldingi daromadi esa yiliga 16%ga oshib, 9,8 mlrd rublni tashkil qildi.

Chorakdagi sof foyda 2021-yildagi 2,4 mlrd zararga nisbatan 41,4 mlrd rublni, reklamadan tushgan daromad esa yiliga 29%ga o‘sib, 14,4 mlrd rublni tashkil etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar va aloqa xizmatlaridan tushgan daromad o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,3%ga o‘sib, 18,5 mlrd rublga yetgan.

Avvalroq “Yandex” “VK Group"ga Dzen xizmati va yangiliklar agregatorini sotgan edi.

Shuningdek, “Apple” “VK” ilovalarini “App Store"dan olib tashlagandi. Kompaniya buni Buyuk Britaniya sanksiyalari bilan izohlagandi.


“Spot” avvalroq “Saudi Aramco” choraklik daromadi yangi rekord o‘rnatgani haqida yozgandi.