“Java dasturlarni tuzish, jamlash va qo‘llashning zamonaviy usullari”, Gerbert Shildt.

Mazkur qo‘llanmada muallif yangi dasturchilar uchun Javada loyihalarni yaratish, jamlanma qilish va qo’llashning zamonaviy usullari, dasturlar qanday yaratilishi va bajarilishini ko‘rsatib bergan.

30 yildan ortiq tajribaga ega muallif hatto ko‘p bosqichli dasturlash va “lambda” ifodalari kabi murakkab mavzularni ham batafsil tushuntiradi.

Shuningdek, Java tilining asosini qanday kalit so‘zlar va til konstruksiyalari tashkil etishini batafsil o‘rganish mumkin.


“Java 8. To‘liq qo‘llanma”, Gerbert Shildt.

Gerbert Shildtning ikkinchi qo‘llanmasi ham Java dasturlash tiliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Java SE 8 ning so‘nggi versiyasini hisobga olgan holda mazkur tilida dasturlash bo‘yicha batafsil tushuntirilgan.

Muallif dasturlarni qanday ishlab chiqish, jamlash, ishga tushirish haqida aytib o‘tgan.

Qo‘llanma Java API ning muhim qismini qamrab olgani va JavaFX texnologiyasini tavsiflagani uchun qulaydir.

Shuningdek, unda ma’lumotlar turlari, boshqaruv va shartli operatorlar, usullar, yuklash va qayta aniqlash hamda shu kabi boshqa mavzular yoritilgan.

Shu bilan birga unda Java SE 8 da kiritilgan yangi funksiyalar ham ko‘rsatib o‘tilgan.



“Java 2. Professionallar kutubxonasi”, Kay Horstmann, Gari Kornel.

Ushbu qo‘llanma turli darajadagi mutaxassislar va yangi dasturchilar uchun mo‘ljallangan.

Unda haqiqiy hayotda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan rivojlanish usullarini ko‘rsatadigan ko‘plab misollar mavjud.

Batafsil yoritilgan mavzular orasida Java dasturlash muhitini tashkil qilish va sozlash, interfeyslar, grafik dasturlash, ilovalar va appletlarni joylashtirish, toʻplamlar va koʻp bosqichli ilovalarni yaratish kabilar koʻrsatib berilgan.


“Java. Samarali dasturlash”, Joshua Bloch.

Kitob muallifi taniqli amerikalik dasturchi va yozuvchi, “Sun Microsystems” va “Google” kompaniyalarining sobiq xodimi hisoblanadi.

Aynan “Sun Microsystems” kompaniyasi qat’iy turlarga ajratilgan, umumiy maqsadli obyektga yo‘naltirilgan Java dasturlash tilini ishlab chiqqan.

Joshua Java platformasining turli funksiyalarini, Java Collections framework, java.math paketini va boshqalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga rahbarlik qilgan.

Kitob yangilangan asar bo‘lib, u tajribasiz yangi dasturchilar va mutaxassislarga yordam berish uchun mo‘ljallangan.

Java dasturlash tili sezilarli darajada rivojlandi, shuning uchun barcha yangilanishlarni oʻz ichiga olgan uchinchi nashrda oʻquvchilar tilning soʻnggi versiyalaridan toʻliq foydalanishi mumkin.



“Sof kod. Yaratish. Tahlil va qayta loyihalash”, Robert Martin.

Kitobda muallif yaxshi kodni yomondan qanday ajratish, yaxshi kod yozishni rganish va yomon kodni qayta loyihalash haqida tushuntiradi.

U uch qismdan iborat blib, birinchi qismda muallif kplab kodli misollarni beradi, ikkinchi qismda amaliy ssenariylar shaklida muammoli kodni tozalash yoki zgartirish byicha vazifalarni taqdim etadi.

Yakuniy qismda esa tahlil paytida tplangan qoidalar va xulosalar ryxati jamlangan krinishda taqdim etiladi.

Kitob amaliy bilimlar bazasi boʻlib, dasturchi kodni oʻqish, yozish va tozalash jarayonida qanday fikr yuritishi haqida batafsil maʼlumot beradi.