24-noyabrdan boshlab “Uzbekistan Airways” Namangandan Orenburgga qatnovlarni tiklamoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur yoʻnalishdagi parvozlar haftaning payshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

  • Namangandan uchish 21:25 — Orenburgga yetib borish 00:30;
  • Orenburgdan uchish 02:30 — Namanganga yetib borish 05:20.

Bir tomonga aviachiptalar narxi 1,6 mln so‘mdan, Namangan-Orenburg-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha esa 3 mln so‘mdan boshlanadi.

Avvalroq “Jazeera Airways” aviakompaniyasi Quvayt-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishi haqida ma’lum qilgandi.

Shuningdek, “FlyDubai” aviakompaniyasi ham 24-sentabrdan Namanganga aviqatnovlarni yo‘lga qo‘yayotgani xabar berilgandi.


“Spot” avvalroq “Utair” aviakompaniyasi Moskvadan Samarqandga parvozlar sonini oshirishi haqida yozgandi.