Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrida joylashgan “Kinder fruits” kompaniyasining 100% davlat ulushini auksionga qo‘ydi.

Lotning boshlang‘ich bahosi 16,7 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 838 mln so‘mni tashkil etmoqda. Kompaniyaning ustav fondi — 16,7 mlrd so‘m.

Yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni 1,46 ga, bino va inshootlarning egallagan maydoni esa 5 ming kv.metrni tashkil etadi.

Mazkur lot uchun arizalar joriy yilning 12-dekabri, soat 09:00ga qadar gacha qabul qilinadi hamda auksion shu kuni soat 10:00 da boshlanadi.

Arizalar havola orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.


Avvalroq, Andijondagi “As Asia textile” kompaniyasining 80% davlat ulushi auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.