“Amazon” kompaniyasi 10 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatadi, deya xabar berdi “The New York Times” nashri.
Unga ko‘ra, qisqartirishlar shu hafta boshlanib, u korporativ va texnologik lavozimlardagi xodimlarga ta’sir qiladi.
Bu “Amazon” tarixidagi eng katta qisqartirish bo‘lsa ham, ammo kompaniya shtatining taxminan 1%ini tashkil qiladi.
Birinchi navbatda ishdan bo‘shatish “Alexa” ovozli yordamchisi gadjetlari va uy xavfsizlik kameralarini ishlab chiqaruvchi, shuningdek, kadrlar va chakana savdo bo‘limlaridan boshlanadi.
Ishdan bo‘shatiladigan xodimlarning aniq soni o‘zgarishi mumkin, deya ta’kidlamoqda nashr.
Ammo agar u 10 ming atrofida qolsa, bu “Amazon” korporativ xodimlarining taxminan 3%ini, 1,6 mlndan ortiq global ishchi kuchining 1%dan kamini tashkil qiladi.
“Forbes” nashrining yozishicha, rejalashtirilgan qisqartirish kompaniya xarajatlarining keskin oshishi va savdo o‘sishining sekinlashishi bilan bog‘liq.
Avvalroq “Spot” “Twitter” kompaniyasi ogohlantirishsiz 4400 ta pudratchisini ishdan bo‘shatgani haqida yozgandi.