Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun tashkil etilgan “Istiqbolli IT-loyihalar” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

6−7-dekabr kunlari o‘tkaziladigan mazkur tanlovda qashqadaryolik yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda shaxsiy texnologik biznesni yaratish, g‘oyani ishlab chiqish hamda uni minimal hayotiy mahsulot darajasida rivojlantirishga ko‘rsatmalar beriladi.

16−30 yosh oralig‘ida o‘tkaziladigan mazkur tanlovda quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

  • sun’iy idrok;
  • tibbiyot;
  • energetika;
  • agrar (qishloq xo‘jaligi);
  • qurilish;
  • ta’lim;
  • ijtimoiy himoya;
  • aholi bandligi;
  • turizm;
  • FinTech.

Tanlov Qarshi shahrida joylashgan “IT Techno Park"da o‘tkazilishi belgilangan.

Unda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali 30-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil bu yerdan bilib olish mumkin.


Avvalroq kosmanavtika bo‘yicha “UniSat” dasturining ikkinchi oqimiga arizalar qabuli qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Unda 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan qizlar ishtirok etishi mumkin