Yaponiya hukumati Buyuk Ipak yo‘li madaniy merosi arxivlarini saqlash va raqamlashtirish loyihasiga $400 ming ajratadi. Bu haqda “Dunyo” xabar bermoqda.

Bu bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan grant bitimi imzolandi.

Loyiha maqsadi Ipak yo‘li bo‘ylab topilgan madaniy boyliklarni asrab-avaylashga ko‘maklashish hamda ularni himoya qilishga qaratilgan.

Xususan, O‘zbekistonda yapon texnologiyalari, madaniy meros ob’ektlari va predmetlarini saqlash bo‘yicha mamlakat tajribasini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Madaniy meros agentligi, O‘zbekiston davlat tarix muzeyi hamda Termiz arxeologiya muzeyiga kolleksiyalar va eksponatlarni asrash hamda raqamli arxivlash uchun zarur uskunalar ajratiladi.

Ya’ni bu muzeylarga 3D skanerlar hamda 360 darajada suratga oladigan kamera va boshqa jihozlar topshirilishi belgilangan.


Avvalroq, davlat rahbari transport sohasini raqamlashtirish boʻyicha vazifalar bergandi.