Endilikda Yagona portal yoki “Litsenziya” axborot portali orqali ayrim turdagi arxiv hujjatlari yoki ko‘chirma nusxalarini O‘zbekistondan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma olish mumkin.

Xususan, bu ro‘yxatda quyidagi hujjat turlari mavjud:

  • Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalari;
  • Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalari.

Mazkur xizmat “O‘zarxiv” agentligi tomonidan amalga oshirilib, undan jismoniy hamda yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori BHMning 20% baravari ya’ni 60 ming so‘mni tashkil etadi.

Ruxsat etish bo‘yicha berilgan hujjat uchun yig‘im undirilmaydi.

Arizalar 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi hamda ruxsatnomalar berilgach 3 oy muddatga amal qiladi.

Olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari “O‘zarxiv"ning vakolatli ekspertlari tomonidan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi o‘tkaziladi va ularning xulosasiga ko‘ra ruxsatnoma beriladi.

Arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin.


Avvalroq, sug‘urta faoliyati uchun litsenziya qanday olinishi haqida ma’lumot berilgandi.