Sentabr oyida rossiyaliklar xorijiy banklardagi omonatlarga rekord darajada $6,7 mlrd o‘tkazgan. Bu haqda Rossiya banki ma’lumotlariga asoslanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Pul o‘tkazmalari hajmi avgust oyidagiga nisbatan chorak baravar ko‘pni tashkil qilgan.

Shu bilan birga, yil boshidan buyon fuqarolarning xorijdagi omonatlari miqdori ikki barobar ortib, birinchi marta $60 mlrdni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar oyi holatiga, rossiyaliklar norezident banklarda qariyb $30,6 mlrd saqlagan va Ukrainadagi urush tufayli ular chet elga mablag‘larni faol o‘tkaza boshlagan.

Fevral oyida xorijiy banklarga $4,3 mlrd.ga yaqin mablag‘ yuborilgan, bu ko‘rsatkich 2018-yildan beri eng yuqori natijani qayd etgan.

Markaziy bank tomonidan cheklovlar kiritilgandan so‘ng, rossiyaliklarning o‘tkazmalari sezilarli darajada kamaydi. Mart oyidan maygacha xorijiy hisoblarga o‘tkazmalar oyiga 2 mlrddan ko‘p bo‘lmagan.

May oyi o‘rtalarida regulyator chet elga pul o‘tkazmalari bo‘yicha cheklovlarni yumshatdi, buning natijasida rossiyaliklarning xorijiy banklar operatsiyalari hajmi uch barobarga oshib, $5,2 mlrd.ga yetdi.

Iyul oyidan boshlab rossiyaliklar xorijga $1 mln o‘tkazishga ruxsat berildi, bu esa xorijiy hisob raqamlariga $5,6 mlrdni yechib olish imkonini berdi.

Avgust oyida tranzaktsiyalar hajmining biroz qisqarishi kuzatildi va 5,4 mlrd.gacha pasaydi.

Xorijiy depozitlarga o‘tkazmalarning maksimal miqdori sentabr oyida qayd etilgan — $6,7 mlrd. Bunday o‘sishga Rossiyada aholining sezilarli darajada chiqib ketishiga olib kelgan qisman safarbarlikning boshlanishi sabab bo‘lgan.


Avvalroq “Spot” to‘qqiz oyda O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi $12,6 mlrd.ni tashkil etgani haqida yozgandi