“Google” kompaniyasi AQShning 40 shtati bosh prokurorlari tomonidan kiritilgan da’voni hal qilish uchun $391,5 mln jarima to‘laydi, deya xabar bermoqda “The New York Times”.

Shtatlardagi tergov kompaniya foydalanuvchining joylashuvi haqidagi ma’lumotlarini ular rad etganidan keyin ham to‘plaganligi tufayli amalga oshirilgan.

“Associated Press” agentligining 2018-yildagi xabarida ham kompaniya mazkur funksiya o‘chirilgan bo‘lsada mijozlar harakatini kuzatishda davom etgani haqida ma’lum qilingan.

“Ushbu $391,5 mlnlik hisob-kitob — texnologiyaga qaramlik kuchayib borayotgan davrda iste’molchilar uchun tarixiy g‘alaba”, — dedi Konnektikut Bosh prokurori Uilyam Tong.

Joylashuv maʼlumotlari “Google” toʻplaydigan eng nozik va qimmatli shaxsiy maʼlumotlardan biridir. Iste’molchi kuzatuvdan voz kechishi uchun juda ko‘p sabablar bor, deya qo’shimcha qildi u.

“Google” kompaniyasi vakili Xose Kastanedaning ma’lum qilishicha, kompaniya bir necha yil oldin maxfiylik muammolarini hal qilgan.

Kelishuvga ko‘ra, kompaniya 2023-yilda joylashuvni kuzatish byicha ma’lumotlarni yanada shaffofroq qiladi.

Bunga sozlamalarni yoqish va oʻchirishda qoʻshimcha maʼlumotlarni koʻrsatish hamda foydalanuvchilarga Google toʻplaydigan maʼlumotlar haqida maʼlumot beruvchi veb-sahifani saqlash kiradi.


Avvalroq “Spot” “Google” kompaniyasi Xitoy uchun Translate xizmatini yopayotgani haqida yozgandi.