Joriy yilning 28−29 noyabr kunlari Surxondaryoda o‘tkaziladigan IT bo‘yicha “Hackathon” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.
Unda 14−31 yosh oralig‘idagi yoshlar yakka yoki jamoaviy ishtirok etish mumkin.
Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi:
- hududning investitsion jozibadorligini aks ettirgan loyihalar;
- ijtimoiy sohadagi loyihalar;
- hududning turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar;
- raqamli iqtisodiyot yo‘nalishidagi dasturiy ta’minot;
- eng samarali innovatsion loyihalar.
Tanlovni o‘tkazish tartibi va shartlari bilan bu yerda tanishish mumkin.
“Hackathon"da ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Arizalarni qabul qilish joriy yilning 25-noyabriga qadar davom etadi.
Tanlov g‘oliblarini quyidagicha pul mukofoti bilan taqdirlash belgilangan:
- 1-o‘rin — 45 mln so‘m;
- 2-o‘rin — 20 mln so‘m;
- 3-o‘rin — 15 mln so‘m.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
Shuningdek, hozir Qashqadaryoda o‘tkaziladigan “Istiqbolli IT-loyihalar” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Buxorodagi hunarmand ayollar uchun esa IT bo‘yicha bepul kurslarga qabul davom etmoqda.