Qozog‘istondagi “McDonald's” barcha restoranlarini vaqtincha yopmoqda. Bu haqda kompaniya saytida e’lon qilingan.
Xabarda keltirilishicha, mahalliy ta’minot cheklovlari tufayli 18-noyabrdan boshlab barcha restoranlar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
“Kompaniya o‘z faoliyatini imkon qadar tezroq tiklash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, qo‘shimcha qilinishicha, restoranning ish vaqti keyinroq e’lon qilinadi.
Joriy yilning iyul oyida kompaniya texnik sabablarga ko‘ra Qozog‘istondagi restoranlarini yopgandi.
Kompaniya mamlakatda 6 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Qozog‘istonning Olmaota, Ostona, Atirau, Aqto‘be, Qo‘stanay, Qarag‘anda shaharlarida 24 ta “McDonald's” restoraniga ega.