Turkiyaning “Teknopol Istanbul” texnoparki va Innovatsion rivojlanish vazirligi startap asoschilari uchun onlayn trening tashkil etmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Trening 28-noyabrdan 2-dekabrgacha ingliz tilida, onlayn formatda quyidagi mavzularda bo‘lib o‘tadi:

  • Kanvas biznes modeli;
  • asosiy texnik-iqtisodiy hisobot;
  • asosiy moliyaviy ta’lim;
  • asosiy bozor tadqiqotlari;
  • strategik rejalashtirish va raqobatbardoshlikni tahlil qilish;
  • asosiy xavf tahlillari;
  • IP va patent qidiruvi;
  • mijozlarni tahlil qilish;
  • boshlang‘ich huquqiy masalalar;
  • taqdimot ko‘nikmalari.

Treningda ishtirokchilar startap loyihalarini intensiv modellashtirish va investorlar yoki venchur fondlariga taqdim etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi.

Treningda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 26-noyabrgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq venchur tahlilchisi onlayn kursining navbatdagi bosqichi ishga tushirilayotgani haqida xabar berilgandi.