“Iste'mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan, ayrim import tovarlariga bojxona boji nol stavkalarining qo‘llanilish muddati uzaytirildi.
Prezidentning joriy yil iyun oyida qabul qilingan tegishli farmonida keltirilgan tovarlarga import bojxona boji 2023-yilning 1-iyuligacha qo‘llanilmaydi.
Bundan tashqari, mazkur ro‘yxatga bug‘doy uni yoki bug‘doy-javdar uni ham kiritildi.
Shuningdek, 2025-yilga qadar 21 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji qo‘llanilmaydi.
Shu bilan birga, QQSdan ozod etilgan biroq ishlab chiqarilganiga uch yildan ko‘p bo‘lgan ayrim texnologik asbob-uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi.
Mazkur texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.
2023-yildan boshlab asbob-uskunalar sotib olish (sotish) bo‘yicha shartnomada montaj va ishga tushirish-sozlash xizmatlari bozor qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi.
Mamlakatda qayta eksport qilingan tovarlar uchun import deklaratsiyasini taqdim etish amaliyoti bekor qilindi. Bojxona tomonidan musodara qilingan tovarlar onlayn auksionlarda sotiladi.