Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi IT-kompaniyalar, IT-frilanserlar va mustaqil IT-mutaxassislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Bu haqda “IT Park” ma’lum qildi.
So‘rovnoma IT-sohasining rivojlanish holatini baholash va muammolarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan.
Natijada O‘zbekistonda sohani takomillashtirishga qaratilgan takliflar tayyorlanishi belgilangan.
Uni havola orqali to‘ldirish mumkin.
So‘rovnomada jami 33 ta savol keltirilgan bo‘lib, u IT-frilanser va IT-mutaxassislarning faoliyatini o‘rganishga yo‘naltirilgan.
Avvalroq, Markaziy bank tadbirkorlarning biznes kayfiyatini ma’lum qilgandi.