Tyumenlik tadbirkorlar O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tyumen viloyati investitsiya agentligiga tayanib “RBC” nashri xabar berdi.
“O‘zbekistonda tashqi ishtirokchilar uchun ichki bozorda ko‘rishni istagan ijobiy imidjini shakllantirishga qaratilgan ko‘plab qonunlar qabul qilinmoqda. Albatta, ayni paytda savdo hajmida, asosan, neft va gaz sohasidagi savdo tufayli birinchi raqamli hamkor va yetakchi Rossiya hisoblanadi”, — dedi Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi rahbari Aleksey Yergaliyev.
Uning sozlariga kora, O‘zbekiston bozorida o‘z o‘rnini egallashga urinayotgan Turkiya va Xitoy tadbirkorlarining faolligi yuqori.
Hozirda tyumenlik tadbirkorlar delegatsiyasi hozir O‘zbekistonda biznes missiyasi bilan bo‘lib, hamkorlikni muhokama qilmoqda.
Bir qator shartnomalar tuzilib, turli sohalarda, jumladan, savdo sohasida hamkorlikning yangi imkoniyatlari o‘rganilmoqda, deya qo‘shimcha qildi Yergaliyev.
Avvalroq tyumenliklar ishlash uchun boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishga tayyorligini bildirgandi.
Ular ko‘chib o‘tish uchun O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya kabi davlatlarni tanlagan.
“Spot” avvalroq Rossiyaning “IThub” akademiyasi O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkinligi haqida yozgandi.