AQShning “RIPS” (talabalar uchun sanoat loyihalarida tadqiqot) amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
Unda matematika, informatika va tegishli fanlar bo‘yicha bakalavriatura talabalari yoki yangi bitiruvchilar ishtirok etishi mumkin.
Dastur Los-Anjelesda joylashgan “IPAM” institutida olib boriladigan tadqiqot loyihalarida ishtirok etish imkonini beradi.
Amaliyot 2023-yilning 20-iyunidan 18-avgustiga qadar 9 hafta davom etadi.
Har bir talaba jamoasi bilan o‘qituvchilar ishtirokida ma’lum muammo ustida tadqiqot olib boradi hamda natijalarni dastur oxirida og‘zaki va yozma ravishda taqdim etadi.
Dasturga qabul qilingan talabalar quyidagi imkoniyatlarni qo‘lga kiritadi:
- $4000 miqdorida stipendiya;
- sayohat puli;
- turar joy va ovqatlanish.
Arizalarni ko‘rib chiqishda xotin-qizlar, matematiklar ustunlikka ega. Dasturda ishtirok etish uchun kamida 18 yosh bo‘lish zarur.
Arizalar 2023-yilning 13-fevraliga qadar havola orqali qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
Shuningdek, hozir AQShning “Global UGRAD” dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Unda bakalavriaturaning 1- 2- 3- bosqichida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.