O‘zbekistonda kibersport rasman alohida sport turi sifatida e’lon qilindi

Shuningdek, kibersport bo‘yicha chempionat va turnirlar, Olimpiya shaharchasida kiberzona tashkil etish va boshqalar belgilangan.



IT-sohasida xotin-qizlar ko‘proq muvaffaqiyatga erishishi mumkin — Innotech Group mutaxassisi Yuliya Poslavskaya

IT-ekspert xotin-qizlarni sohaga jalb qilish zarurligi, O‘zbekistonda yaratilayotgan imkoniyatlar va sohani egallash bo‘yicha tavsiyalar bilan bo‘lishdi.



“Rossiyadan kelgan mutaxassislar o‘zbekistonliklarning „nonini“ tortib olmaydi” — ekspert bilan suhbat

“Spot” “Mail.ru Group"ning kadrlar bilan ishlovchi sobiq xodimi Alyona Vladimirskaya bilan O‘zbekistonga qanday xorijlik mutaxassislar kerakligi va mahalliy kadrlarni yetishtirishning muhimligi haqida suhbatlashdi.



Paket va o‘yinchoq korxonalari, restoranlar — 28 yoshida millioner bo‘lgan Anvar Abduqayum hikoyasi

Tadbirkor biznesga qanday kirib kelgani, o‘yinchoqlar savdosini yo‘lga qo‘yishda qaysi strategiyalarni qo‘llagani, nimaga eksportga katta urg‘u berishi va $1 mlnlik xatosi haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.



IT bo‘yicha 5 ta kitob: C#

Ushbu to‘plam C# dasturlash tilini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.



Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Qishki qabulda til bilish darajasidan qat’i nazar sertifikatga ega talabgorlar magistraturaga hujjat topshirishi mumkin.
    Biroq, o‘qishga qabul qilingan talaba o‘qishi davomida talab etilgan sertifikatni olishi lozim.
  2. AQShning Global UGRAD dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
    Nomzodlar bakalavriaturaning 1−3 bosqichida tahsil olishi hamda ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  3. DevFest Tashkent konferensiyasiga arizalar qabul qilinmoqda.
    “Microsoft”, “Uber”, “EPAM”, “iTechArt” kabi kompaniyalar mutaxassislari ishtirok etishi kutilayotgan tadbirda qatnashish bepul.
  4. Bojxona tomonidan musodara qilingan tovarlar onlayn auksionlarda sotiladi.
    Shuningdek, davlat bojxona qo‘mitasi huzurida “Bojxona-servis” muassasasi tashkil etilib, uning vazifalari belgilandi.
  5. O‘zbekistonda dronlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan davlat organlari ro‘yxati kengaytirildi.
    Endi ulardan Turizm va madaniy meros vazirligi, Chorvoq turistik zonasi direksiyasi va YUNESKO komissiyasi ham foydalanishi mumkin.
  6. 2023-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish biroz pasayishi mumkin.
    Xalqaro valyuta jamg‘armasi bu ko‘rsatkich 5%dan sal kamroq bo‘lishini prognoz qilmoqda.
  7. Toshkentda o‘zini-o‘zi energiya resurslari bilan to‘liq ta’minlaydigan uy qurildi.
    Xonadonga 15 kVt quvvatga teng quyosh panellari, 200 litrli quyosh suv isitish qurilmasi o‘rnatilgan.
  8. Uzbekistan Airways talabalar uchun 50 foiz chegirma e’lon qildi.
    Chegirma joriy yilning 22-dekabridan 2023-yilning 10-yanvarigacha mahalliy aviaqatnovlarga amal qiladi.
  9. Ayrim mahsulotlarga qo‘llanilmaydigan bojxona boji muddati uzaytirildi.
    Xususan, prezident farmonida nazarda tutilgan tovarlarga import bojxona boji 2023-yilning 1-iyuligacha qo‘llanilmaydi.
  10. Qurilish obyektlarini ro‘yxatga olish jarayonlari raqamlashtiriladi.
    Shuningdek, 2023-yildan obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” axborot tizimida elektron tender orqali aniqlanadi.