Bitkoin mayningi murakkabligi 21-noyabr holatiga ko‘ra 0,5%ga oshib, rekord darajadagi 36,95 Tni tashkil etdi, deya xabar bermoqda “RBC” nashri.
Bundan avvalgi maksimal ko‘rsatkich 24-oktabrda qayd etilgan — 36,83 T.
“BTC.com” ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha bloklash vaqti hozirda 9 daqiqa 58 soniyani tashkil etadi va hozirgi qiyinchilikdagi bitcoin xesh tezligi 264,18 EH/s bo‘lishi kutilmoqda.
Keyingi bitcoin mayningi qiyinligi o‘zgarishi 5-dekabrda sodir bo‘ladi. Ko‘rsatkich 36,75T (-0,54%) darajasida prognoz qilinmoqda.
“RBC” ta’kidlashicha, bitkoinning joriy narxida mayning rentabelligi nolga yaqinlashdi.
Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da uning qiymati 3,04%ga tushib, Coindesk ma’lumotlariga ko‘ra $16,1 mingni tashkil qildi.
Avvalroq bitkoin kursi 2020-yil noyabridan beri eng past koʻrsatkichni qayd etib, uning narxi $17 minggacha pasaygandi.
Tarmoqning murakkabligi bitcoin blokcheynida yangi blokni topish uchun zarur bo‘lgan hisoblash quvvati miqdorini aniqlaydi.
Bu konchilar kriptovalyuta blokini topish uchun o‘rtacha necha marta xesh qiymatini hisoblashlari kerakligini ko‘rsatadi.
Bunda 1 K = 1 ming. 1 T = 1 mlrd K = 1 trln.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziyalar berilishi boshlamgani haqida yozgandi.