Navoiy viloyati, Karmana tumanida joylashgan “Hanjin Navoi Complex” mehmonxonasi qayta auksion savdosiga qoʻyildi.

Joriy yilning iyul oyida mehmonxona 16,5 mlrd soʻm bilan sotuvga qo‘yilgandi.

Umumiy maydoni 7940 kv metr bo‘lgan bino 51 ta xonadan iborat boʻlib, 58 oʻringa moʻljallangan. Binoda suv, elektr, gaz tarmoqlari mavjud.

Ikkinchi bor sotuvga qoʻyilgan lotning boshlangʻich narxi 11 mlrd soʻm, zakalat puli esa 550 mln so‘mni tashkil etadi.

Auksion 30-noyabr kuni 10:00 da o‘tkaziladi hamda arizalar shu kuni soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi.


Avvalroq “Spot” Andijondagi “As Asia textile” kompaniyasining 80% davlat ulushi sotuvga qo‘yilgani haqida yozgandi.