Prezidentning kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Unga koʻra, quyidagilar kreditorlar talablarini qanoatlantirish tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilanadi:

  • garovga oluvchi — kreditorlarning garovdagi mulkka nisbatan huquqlari ustuvorligini taʼminlash;
  • kreditorlar talablarini suddan tashqari tartibda qanoatlantirish tizimini rivojlantirish;
  • majburiyatlarni garovdagi mol-mulk hisobidan qanoatlantirish tizimini soddalashtirish.

Qayd etilishicha, Markaziy bank muddati oʻtgan qarzdorliklarning uchinchi shaxslar tomonidan undirilishini (kollektorlik faoliyatini) tartibga solish boʻyicha xorij amaliyotini oʻrganadi.

Natijada, olingan tajribalarni mamlakatda joriy etish yuzasidan Prezident Administratsiyasiga taklif kiritadi.

Shuningdek, kredit qarzdorliklarini undirishning har bir bosqichini kuzatib borish imkonini beradigan onlayn platforma faoliyati yoʻlga qoʻyilishi mumkin.

Muhokama joriy yilning 4-dekabrigacha davom etadi.


Avvalroq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Yirik maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasi muhokamalar portaliga qo‘yilgandi.