Markaziy bank joriy yilning 1-noyabr holatiga milliy va xorijiy valyutadagi bank kreditlarining foiz stavkalari bo‘yicha statistikani taqdim etdi.
Xususan, oktabr oyida milliy valyutadagi bank kreditlarining o‘rtacha foiz stavkasi o‘tgan oyga nisbatan barqarorlikni saqlab qoldi — 22,3%.
Qisqa muddatli kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 21,4%ni, uzoq muddatli kreditlarning foiz stavkasi esa 22,6%ni tashkil etgan.
Bunda imtiyozli kreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha foiz stavkalari hisobga olinmagan.
Shuningdek, xorijiy valyutadagi bank kreditlarining foiz stavkalari ham bu davrda oldingi ko‘rsatkichni (7,3%) saqlab qoldi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 6,2%ni, joriy yil boshida esa 6,4%ni tashkil etgandi.
Qisqa muddatli kreditlarning foiz stavkalari 7,7%, uzoq muddatlilari esa 7,1%niqayd etdi.