Londonning ICE birjasida Brent markali neftning yanvar fyucherslari narxi 4,3%ga tushib, barreli uchun $83,86ni tashkil qildi, deya xabar berdi “RBC” nashri.

Minimal kotirovkalar bir barrel uchun $84,11gacha tushib ketdi. Brent neft narxi 27-sentabrdan beri birinchi marta bir barrel uchun $84dan pastga tushdi.

WTI neftining yanvar oyida yetkazib berish shartnomasi ham 4,3%ga pasayib, bir barrel uchun $76,6ni tashkil qildi.

“Xitoyning COVID-19 ga qarshi chora-tadbirlari tufayli va bugungi kunda AQSh dollarining mustahkamligi ham neft narxiga salbiy omil bo‘ldi”, — dedi “CMC Markets tahlilchisi” Tina Teng.

Xavfli aktivlarga talab pasayib bormoqda, chunki yirik mamlakatlarning barcha so‘nggi iqtisodiy ma’lumotlari, ayniqsa Buyuk Britaniya va yevrohududda retsessiya ssenariysiga ishora qilmoqda, dedi u.

Nashrning yozishicha, hozirda OPEK+ning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida ishlab chiqarishni kuniga 500 ming barrelgacha oshirish masalasi muhokama qilinadi.


Avvalroq OPEK+ noyabrda neft qazib olishni kuniga 2 mln barrelga kamaytirishga qaror qilgandi.