Joriy yilning 9 oyida 704,9 mlrd so‘m budjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ma’lum qilindi.
Xususan, har bir vazirlik va idoralarda tashkil etilgan Ichki-audit boshqarmasi tomonidan xavflarni aniqlash va ularning oldini olish, natijalarini tahlil qilish va doimiy nazorat qilish ishlari to‘g‘ri tashkil etilmagan.
Natijada budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki noqonuniy sarflash holatlari kamaymasdan, oshib bormoqda.
Deputatlar vazirlik va idoralarning Ichki-audit boshqarmasini qayta ko‘rib chiqish, xodimlarini o‘qitish va nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.
Bundan tashqari, ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish hajmi Davlat budjeti umumiy xarajatlarining 51,0%i g‘ 83,3 trln so‘mni tashkil etdi.
Budjet tashkilotlarining 55,2 trln so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari hamda 10,3 trln so‘mlik ish haqiga nisbatan ajratmalari o‘z muddatlarida to‘liq moliyalashtirilgan.
Shuningdek, Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha loyiha deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Joriy yilning birinchi yarmida davlat budjetining daromadlari 92,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,8 trln so‘m — 23,7%ga ko‘p.