O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyada joylashgan “Jeonbuk” texnoparkiga tashrif buyurdi. Bu haqda Innovatsiya vazirligi xabar bermoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan ekologik toza (CNG) qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlash loyihasi ilgari surildi.

Buning natijasida mamlakatda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashga hamda energetika mustaqilligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi kutilayotganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Termiz innovatsion tumanida “Jeonbuk” texnoparkining filialini ochish yoki hamkorlikda texnopark tashkil etish taklif etildi.

Tomonlar bundan keyin O‘zbekiston bilan uzluksiz almashuv va hamkorlik orqali “ODA” dasturi bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirishga kelishib oldi.

Shu bilan birga, “O‘zbekiston uchun ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasi platformasini yaratish” loyihasi doirasida mamlakat qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun ekologik toza siqilgan tabiiy gaz balon yoqilg‘isiga o‘tkazish hamda R&D-tadqiqot markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.


Avvalroq “Spot” “IT Park” Germaniyada filialini ochishi haqida yozgandi.