“E-transport” platformasi loyihasi ishlab chiqildi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati.
Platforma orqali kompaniya tarkibidagi temir yo‘l, qurilish, maxsus, qishloq xo‘jalik texnikalari va avtotransport vositalari, ulardan foydalanish, ta’mirlash, saqlash ro‘yxatdan o‘tkazish kabi vazifalarni amalga oshirish belgilangan.
Kompaniya boshqaruvi tomonidan belgilangan vazifalar va boshqa masalalar ijrosini nazorat etish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda qo‘shimcha topshiriqlarni korxonalarga yetkazib berish masalalarini sayt orqali nazorat etib borish imkoniyati yaratildi.
Saytda texnika rusumi, texnika turi, ishlab chiqarilgan yili, davlat raqami, kuzov raqami, dvigatel raqami, shassi raqami, yoqilg‘i turi, texnik holati, nosozlik sababi kabi ma’lumotlar keltiriladi. Shuningdek, boshqa korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qamrab oladi.
Unga barcha korxona va tashkilotlarning o‘z sahifalari va administratorlari bo‘lib, unga biriktirilgan xodim hamda barcha operator o‘z korxonalariga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari va texnikalar bo‘yicha ma’lumotlarni kiritib, yangilab borishlari talab etiladi.
Bunda har bir kiritilgan ma’lumotlarning sifatiga administrator, ya’ni operator mas’ul shaxs hisoblanadi.
Tizimdan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Avvalroq, aholi uchun innovatsion axborot platforma ishga tushirilgandi.