E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.


Noyabr oyi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistondagi banklar kreditni o‘rtacha 25% yillik stavka asosida taklif etmoqda. Dastlabki to‘lov kamida 15% bo‘lishi kerak.

Mavjud 31 ta bankdan 13tasida ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin. Eng kam foiz stavkasi 17%, eng ko‘pi — 28%ni tashkil qiladi.

Muddat qancha kam va dastlabki badal qanchalik ko‘p bo‘lsa, yillik foiz stavkasi shuncha kam bo‘ladi.

Bunda ba’zan imtiyozli davr ham beriladi va u ikki oydan ikki yilgacha davom etishi mumkin. Bu vaqt mobaynida qarzdor kredit bo‘yicha faqat foizni to‘lab turishi va qarzning asosiy qismini to‘lamasligi mumkin.

Davlat dasturi bo‘yicha ipotekada maksimal summa Toshkentdagi uylarga 416,5 mln so‘m, viloyatlardagiga esa 327,2 mln.ni tashkil qiladi.

Subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka krediti maksimal summasidan oshib ketgan taqdirda ham to‘lanadi. Xarajatning qolgan qismini qarz oluvchi o‘z hisobidan to‘laydi.

Ipotekani rasmiylashtirish

Bank bo‘limiga birinchi marta borishdan avval kamida oxirgi 6 oydagi daromadlar to‘g‘risida ma’lumot tayyorlab qo‘ygan ma’qul. U bank xodimi bilan maslahatlashish vaqtida kredit qanday shartlar asosida ajratilishini aniqlash imkonini beradi.

Agar kreditni uzishga mablag‘ yetmaydigan bo‘lsa, hamkor jalb etish mumkin. Ariza beruvchi boshqa kredit bo‘yicha qarzdor bo‘lmasligi lozim.

Agar ipoteka shartlari qarz oluvchini qoniqtiradigan bo‘lsa, navbatdagi qadamga, ya’ni uy tanlash, uy quruvchi yoki mulk egasi bilan dastlabki shartnoma tuzish, mustaqil baholash o‘tkazish va boshqa hujjatlar to‘plashga o‘tish mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • ariza;
  • pasport yoki ID karta (arizachi va uning hamkoriniki);
  • daromad to‘g‘risidagi ma’lumot (arizachi va uning hamkoriniki);
  • uy-joy oldi-sotdi to‘g‘risidagi dastlabki shartnoma;
  • kadastr hujjatlari.

Kredit uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati bankning ichki siyosatiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.

Bank hujjatarni ko‘rib chiqib, arizani ma’qullagandan so‘ng qarzdor va bank o‘rtasida shartnoma tuziladi. Bu hujjat asosida uy xaridor nomiga rasman rasmiylashtiriladi, sug‘urta qilinadi va bankka garov rasmiylashtiriladi. Shundan keyingina quruvchi (yoki sotuvchining bank kartasiga) hisobiga pul o‘tkaziladi.

Roʻyxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi.

Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka

Bank nomi
Qishloq joylardan
Shaharlardan
Agrobank
17%
18%
Аsakabank
17%
Аloqabank
17%
18%
Ipoteka-bank
17%
18%
Mikrokreditbank
17%
Orient Finans Bank
17%
Qishloqqurilishbank
17%
Sanoatqurilishbank
17%
Turonbank
17%
18%
Xalq bank
17%
O‘zmilliybank
18%

Oddiy ipoteka

Bank nomi
Stavka
Boshlang‘ich to‘lov
Muddat
Birlamchi/ikkilamchi
Agrobank
26%25%10 yilikkilamchi
Davr-bank

27%
35%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
50%
ikkilamchi
30−50%
birlamchi/ikkilamchi
30%
15 yil
ikkilamchi
28%
15%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
25,99%
birlamchi/ikkilamchi
InfinBank
24,99%
26−50%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
51%
15 yil
Ipak yo‘li banki
26%
25%
5 yilgacha
birlamchi
Kapitalbank

24%
51%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
26%
26%
Mikrokreditbank24%25%15 yilikkilamchi
Orient Finans Bank
25%35%20 yilbirlamchi
22%24%
23%40%ikkilamchi
25%30%
Poytaxt bank
23%
25%
10 yil
birlamchi
Saderat Bank
24%
30%
7 yil
birlamchi/ikkilamchi
Tenge Bank
23,9%
25%
10 yil
ikkilamchi
Xalq bank
25%26%15 yilbirlamchi/ikkilamchi
Ziraat Bank Uzbekistan
23,5%25%2 yildan 5 yilgachabirlamchi/ikkilamchi
24%5 yildan 7 yilgacha
25%7 yildan 10 yilgacha
O‘zmilliybank
21%40%10 yilikkilamchi
23%30%
24%25%