“hh.ru” tahlilchilari Rossiya fuqaroligiga ega boʻlgan nomzodlarning rezyumelari eng koʻp oʻsgan yetakchi davlatlarni aniqladi, deya xabar bermoqda “RBC” nashri.
Ya’ni, ushbu mamlakatlarning rezyume ma’lumotlar bazalarida Rossiya fuqaroligi koʻrsatilgan eng koʻp rezyumelar paydo boʻlgan.
Ma’lumotlarga koʻra, jami 66 mingta shunday rezyumelar joylashtirilgan.
10-oktabrdan 22-oktabrgacha, sentabrning mos davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan arizachilarning rezyumelari soni ko‘paygan.
Bunda eng ko‘p rezyumelar soni Qozog‘iston (44 ming), Gruziya (8,6 mingga) va O‘zbekistonda (4,5 mingga) oshgan.
Tadqiqotda aytilishicha, bu holat mehnat bozoriga hali taʼsir koʻrsatmagan, chunki koʻrsatilgan 66 ming nomzodning aksariyati oʻz kasbiy vazifalarini bajarish va mobil hayot tarzini olib borish uchun internetdan foydalanadigan toifa vakillaridir.
Bular asosan IT-mutaxassislari (19%), savdo va mijozlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha xodimlar (10%), marketologlar, reklama beruvchilar va PR boʻyicha mutaxassislar (9%), professional qurilish va koʻchmas mulk guruhlaridan ish izlovchilar (8%).
Avvalroq “Immigrant House” kompaniyasi o‘n oyda Oʻzbekistonga 395 ming rossiyalik sayohat maqsadida kelgani haqida xabar bergandi.
Fevral oyi oxiridan beri 6000 ga yaqin rus va belorus mutaxassislari Toshkentga kelgan boʻlib, ularning bir qismi AQSh kompaniyalari tomonidan koʻchirilgan.
Masalan, “Exadel” va “EPAM Systems” kompaniyalari “minglab” muhandis-dasturchilarini Minskdan olib chiqib, Toshkentga joʻnatgan.