“Uzbekistan Airways” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan joriy yilning 25-noyabridan 8-dekabrigacha barcha aviqatnovlarga 8% chegirma e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur chegirma qatnovlarning ekonom va biznes klass chiptalariga amal qiladi.

Ularni kompaniya sayti va mobil ilovasidan, “Uzbekistan Airways Sales” filiali, agentliklardan va aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalari orqali xarid qilish mumkin.

Avvalroq, kompaniya talabalar uchun 50% chegirma e’lon qilgandi. Chegirma joriy yilning 22-dekabridan 2023-yilning 10-yanvarigacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun taqdim etiladi.

Shuningdsek, keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun noyabr oyida aviachiptalarga 25% chegirma e’lon qilingan.