Markaziy bank joriy yilning 1-noyabr holatiga tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) to‘g‘risida statistikani e’lon qildi.

Muammoli kreditlar hajmi biroz kamayib 16,1 trln so‘m ya’ni 4,3%ni tashkil etadi. Oktabr oyida ularning ko‘rsatkichi 17,1 trln so‘m edi.

Shundan 14,5 trln so‘mi davlat ulushi mavjud banklarga, qolgan 1,6 trln so‘mi xususiy banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

“O‘zagroeksportbank"da jami kreditlar ulushi hisobida muammoli kreditlar miqdorida pasayish kuzatildi.

Mazkur bankning kredit portfeli jami 6,3 mlrd so‘mni tashkil etib, muammoli kredit ulushi 5,5 mlrd so‘m — 88,2%ga kamaygan.

Oktabr oyida mazkur bankning muammoli kreditlari 91,9%ni tashkil etgandi.

Shuningdek, “Xalq banki” muammoli kreditlarining jami kreditlardagi ulushi 16,4%dan 15,6%ga pasaygan.

Xususiy banklardan “Ravnaq bank"ning ham muammoli kreditlar hajmi o‘tgan oyga nisbatan 1,1% o‘sib, 73,4%ni tashkil etdi.


Avvalroq Markaziy bank joriy yilning 1-noyabr holatiga milliy va xorijiy valyutadagi bank kreditlarining foiz stavkalari bo‘yicha statistikani taqdim etgandi.