2023-yili AQShda o‘tkaziladigan “TechWomen” liderlik dasturiga arizalar qabuli boshlanmoqda.

TechWomen” — texnologik dunyoga kirish orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan hamda to‘liq moliyalashtiriladigan loyiha.

Dasturlash, tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan dastur 2023-yilning sentabr-oktabr oylarida 5 hafta davomida o‘tkazilishi belgilangan.

Unda fan, texnologiya, muhandislik va matematika bo‘yicha kamida ikki yillik tajribaga ega ayollar ishtirok etishi mumkin.

Buning uchun bakalavr darajasiga ega bo‘lish, ingliz tilini yozma va og‘zaki bilish hamda dasturda ishtirok etish huquqiga ega davlatlardan birining fuqarosi bo‘lish kerak. O‘zbekiston mazkur ro‘yxatda mavjud.

Dasturda imkoniyati cheklanganlar ham ishtirok etishlari mumkin.

Qabul qilingan ishtirokchilarning AQShga borish-kelish hamda ichki aviaqatnovlar xarajatlari, turar joy, ovqatlanish va boshqa xarajatlari qoplab beriladi.

Arizalarni 2023-yilning 13-yanvariga qadar jo‘natish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq, “Google” texnik dastur menejerlari uchun 2023-yilgi yozgi amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.